Nazarboyevning “qo‘li” yanada qisqaradigan bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘iston parlamenti Senati respublikaning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Xavfsizlik Kengashi va Qozog‘iston xalqi assambleyasiga (QXA) umrbod raisligini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda "Orda" xabar berdi.

“Senatorlar Xavfsizlik Kengashi va QXAga lavozimi bo‘yicha davlat rahbari boshchilik qilishi kerakligi haqidagi qonun hujjatlariga  kiritiladigan o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatladilar. Shu bilan birga, senatorlar qonun loyihasini muhokama qilish chog‘ida yana bir tuzatish kiritdilar. “Birinchi Prezident to‘g‘risida”gi qonunda tashqi va ichki asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslar Elboshi bilan kelishilishi haqidagi band chiqarib tashlanyapti. Shunday qilib, Senat qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlarni konseptual jihatdan ma’qulladi va ushbu o‘zgartirish bilan Majlisga qaytarishga qaror qildi”, degan deputat Lazzat Sulaymon.

Ilgari Nazarboyev Xavfsizlik Kengashi va Qozog‘iston xalqi assambleyasiga umrbod rahbarlik qilishi belgilab qo‘yilgandi.

Endilikda Elboshi Nursulton Nazarboyev Respublika Konstitutsiyaviy kengashi a’zosi bo‘lish, shuningdek, hukumat va parlamentda so‘zlash huquqini saqlab qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

597

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing