Sobiq Prezidentning qizi bilan aloqador kompaniya direktori o‘z joniga qasd qildi

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Aliya bilan bog‘liq bo‘lgan “Operator ROP” kompaniyasining boshqaruvchi direktori Ruslan Shamshiyev o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “kznews” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, politsiya o‘z joniga qasd qilishga undash moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 26 yanvar kuni Qozog‘istonning ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Axmetjan Primqulov va “Operator ROP” kompaniyasi rahbari Medet Qumargaliyev korrupsiyada gumonlanib, qo‘lga olingan. Ikkisi ham Nur-Sultondagi vaqtinchalik hibsxonada.

Ma’lumot o‘rnida, “Operator ROP” chiqindilarni yig‘ish, tashish, qayta ishlash va yo‘q qilishni, shuningdek, to‘lovlarni qayta ishlashni tashkil qiladi.

Joriy yilning 11 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kompaniyaga utilizatsiya yig‘imi undirish va uni boshqarishni to‘xtatish choralarini ko‘rishni topshirdi. Uning fikricha, ushbu ish bilan davlat shirkati shug‘ullanishi kerak. Bundan tashqari, To‘qayev yig‘imlarni o‘zini ham qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing