Nazarboyev fondi amerikalik jurnalistlarni sudga berdi

Olam

image

Qozog‘iston Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev jamg‘armasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya mavzulariga e’tibor qaratuvchi Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan “Journalism Development Network”ga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda AQSHning “Courthouse News Service” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga 2022 yil 19 yanvardagi maqola sabab bo‘lgan. Maqolada Nazarboyev Jamg‘arma orqali mahalliy ta’lim loyihalarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan milliardlab dollarlarni to‘liq nazorat qilishi aytilgan. Da’vogar maqolada ko‘rsatilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilmagani haqidagi taxminlar yolg‘on va tuhmat ekanini hamda uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishini qayd etgan.

Jamg‘arma sudlanuvchidan moddiy tovon talab qilmoqda. Da’vogarni Vashingtondagi “Boies Schiller Flexner” firmasining advokati Metyu Shvars  himoya qiladi.

O‘z navbatida, “Journalism Development Network” ijrochi direktori Dryu Sallivan Qozog‘iston jamg‘armasining da’vosi asossiz ekanini, tergovchi jurnalistlar o‘z versiyasiga amal qilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Nazarboev fondi

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar