Nazarbekdagi tunnel qurilishining kechikayotgani sababi ochiqlandi

Jamiyat

Senator Burxonov Nazarbekdagi tunnel qurilishini tanqid qildi north_east

Senator Burxonov Nazarbekdagi tunnel qurilishini tanqid qildi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2 mart kuni Oliy Majlis Senatining o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida senator Qutbiddin Burxonov Nazarbekdagi avtomobil yo‘lining 3-kilometridagi temir yo‘l ostidan tunnel qurilishi kechikayotgani yuzasidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasini tanqid qilgan edi. Ayni vaqtda majlis zalida bo‘lgan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarov senator Qutbiddin Burxonov ko‘targan masala juda dolzarb ekanligini qayd etib, muammo sababiga to‘xtildi.

“Avtomobil yo‘lining ob’ektida tunnel qurilishi to‘xtab qolganini tan olamiz. Buning asosiy sabablaridan biri ob’ektda qurilish maydoniga tushgan davlat idoralariga tegishli mol-mulk va turar-joylarni ko‘chirish zarurati edi. Ushbu muammo shu paytgacha hal bo‘lmay kelayotgan edi. Ammo masala yuzasidan hukumat komissiyasi tuzilib, holat o‘rganildi va o‘z yechimini topdi”, deydi Shuhrat Nazarov.

Uning ma’lum qilishicha, qurilish ob’ektidagi davlat idoralarining noturar-joy binolarini ko‘chirish ularning o‘z hisoblaridan amalga oshiriladigan bo‘ldi va yo‘l mintaqasidan chiqariladi.

“Bundan tashqari, uy-joylarga tegishli bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari moliyaviy manbalari aniq qilinib, to‘lab berildi. Bugungi kunda ob’ektda ko‘chirish masalalari bilan bog‘liq muammolar yo‘q. Ob’ekt nazorati uchun shtab tuzilib, hozirda jarayon jadal davom etmoqda. Joriy yilning sentyabr oyida ob’ekda avtomobil yo‘lidagi tunnel qurish ishlari tugatilib, foydalanishga topshirilishi ta’minlanadi”, deydi Nazarov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing