Naymarning Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati baholandi

Sport

image

Braziliya milliy  terma jamoasi bosh murabbiysi Karlo Anchelotti Neymarni faqat uning jismoniy holati a’lo darajada bo‘lsagina terma jamoaga chaqirishga tayyor. Bu haqda Braziliya futbol federatsiyasidagi manbalariga tayanib, UOL nashri xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, mutaxassis asosan futbolchining hozirgi jismoniy holati va yuqori saviyada o‘ynashga tayyorligiga e’tibor qaratmoqchi. Biroq, manbalar ta’kidlashicha, Anchelotti futbolchini unchalik yoqtirmaydi, shu sababli chaqiruv borasidagi qaror faqat sport omillariga bog‘liq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi joriy yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Marokash, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalari bilan birga “C” guruhidan joy olgan. 

Neymar kecha, 16 fevral uni jarohatdan so‘ng “Santos” safida 2026 yil hisobidan ilk uchrashuvda maydonga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Braziliya Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing