Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Jamiyat 6276
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq joriy yilgi Navro‘z bayramida barcha xodimlar ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

Bunda:

•    20 mart – shanba (barcha xodimlar uchun dam olish kuni);
•    21 mart – yakshanba (Navro‘z bayrami);
•    22 mart – dushanba (barcha xodimlar uchun dam olish kuni - 27 mart (shanba)dagi dam olish kuni ko‘chirilgan).

Dam olish kuni ko‘chirilgani hisobiga 27 mart - shanba kuni barcha xodimlar uchun, jumladan haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun ham ish kuni hisoblanadi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 351
Reyting: 3
t
×