Navro‘z arafasida O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmoqda

Bu qiziq

image

Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekistonning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.

Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘abdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-19 martda 15-20° iliq, 20 martda 17-22°iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18 martda kunning ikkinchi yarmida bazi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 martda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘abdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20 martda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘abdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-19 martda 20-25° iliq, 20 martda 18-23° iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, 18 martda kunning ikkinchi yarmida bazi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 martda bazi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘abdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-19 martda 20-25° iliq, 20 martda 18-23° iliq bo‘ladi.

Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19 martda kunning ikkinchi yarmida bazi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20 martda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘abdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-19 martda 20-25° iliq, 20 martda 18-23° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-19 martda bazi joylarda biroz yomg‘ir yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 martda bazi joylarda yomg‘ir yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘abdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 21-26° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘abdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-19 martda 17-22° iliq, 20 martda 15-20° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘abdan7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yomg'ir yog'ingarchilik momaqaldiroq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing