Navoiyga soliqchi hokim bo‘lishi aytilmoqda
Jamiyat
−
08 noyabr 2021
8767Avvalroq, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov lavozimidan ozod etilgani va uning o‘rniga Xalq banki boshqaruv raisi Shuhrat Atabayev tayinlanishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, viloyatga Xalq banki boshqaruv raisi emas, Toshkent shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Normat Tursunov hokim bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi sesiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tashkiliy masala ko‘rilmoqda.
Normat Tursunov davlat soliq xizmatidagi faoliyatini 1994 yilda Toshkent shahar Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasida boshlagan.
U 2010-2017 yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosar, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
U 2017 yil oktyabr oyidan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi