Navoiydagi ommaviy zaharlanish bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Navoiy viloyatidan o‘tgan Zarafshon daryosida baliqlar zaharlanish tufayli ommaviy nobud bo‘lgan edi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan tegishli soha mutaxassislari jalb qilingan holda keng qamrovli tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida sanoat korxonalaridan Zarafshon daryosiga oqizilgan chiqindi suvlar tarkibi hamda nobud bo‘lgan baliqlarda maxsus laboratoriya va ekspertiza tahlillari o‘tkazilgan. Tegishli xulosalar olinib, boshqa holatlar atroflicha o‘rganilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Zarafshon daryosiga azot ammoniy, nitrit va boshqa kimyoviy moddalar me’yoridan ortiqcha miqdorda oqizilganligi oqibatida daryodagi ko‘plab baliqlar nobud bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan kecha, 28 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 196-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing