Navoiydagi dahshatli YTHda 8 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Kecha, 6 noyabr kuni Navoiy viloyatida sakkiz kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, AT “Xalq banki” Nurota tuman filiali boshqaruvchisi Temurmalik Pirmatov (1992 yil), bosh hisobchisi Muzaffar Saidov (1981 yil), Monitoring bo‘limi boshlig‘i Yunusjon Ravshanov (1989 yil) mudhish YTH oqibatida vafot etgan. Navqiron yigitlarga joriy yil 7 noyabr kuni janoza namozi o‘qiladi.

“Axir 2021 yil 6 noyabr shanba – dam olish kuni bo‘lsa. Ularni qaysi yumush birlashtirdi ekan. Ular Navoiy shahridan 60 km uzoqlikdagi Nurota filialining mansabdor shaxslari hisoblanadi. Ularning Nurotaga nega katta tezlikda shoshilib ketayotgani sabablari o‘rganilishi kerak deb hisoblaymiz”, deydi manba.

YTQ oqibatida ulardan tashqari boshqa yonib mashinadagi 5 kishi ham vafot etgani aytilmoqda. Jami 8 kishi vafot etgan.

Hozircha ushbu YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.

Avvalroq, Navoiy viloyatining Konimex tumanida chang-g‘ubor sabab ko‘rish darajasi pastligi oqibatida uchta avtomobil to‘qnashgani haqida xabar bergan edik. Ushbu YTHda bir kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1097

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing