Navoiyda yigit o‘zi va bo‘lajak xotinini do‘pposlaganlardan qasd oldi
3-sahifa
−
28 iyun 2021
46882Navoiy viloyatida yigit va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i to‘rt kishi tomonidan kaltaklandi. Keyin kaltaklangan yigit o‘zini do‘pposlaganlardan qasdini oldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20 iyun kuni 23:00da Navoiy shaxar M.Tarobiy ko‘chasida yashovchi S.A. bo‘lajak turmush o‘rtog‘i X.Z. bilan Navbahor tumani “M.Ulug‘bek” MFYda sayr qilib yurgan. Shu paytda navbahorlik 19 yoshli X.O. va 13 yoshli N.S. gap boshlab bu yerga nima sababdan kelganlarini so‘rab noo‘rin savollar berishgan va o‘zaro tortishib qolishgan.
S.A.ning ko‘rsatmasiga ko‘ra X.O. va N.S.dan tashqari yana 2 nafar noma’lum shaxs bilan birgalikda, jami 4 kishi uni va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i X.Z.ni urib tan jarohat yetkazgan.
Keyinchalik 21 iyun kuni soat 02:00 atrofida S.A. tanishi R.I. bilan Navbahor tumani “M.Ulug‘bek” MFYga qaytib kelgan hamda X.O. va N.S.ni tarvuz sotayotgan paytida yuz va badan sohalariga urib, xayot uchun xavfli jarohat yetkazgan.
Mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilib, sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Sardor To‘lanboyev
LiveBarchasi