Navoiyda yangi universitet tashkil etiladi

Jamiyat

image

2022 yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi Navoiy davlat konchilik instituti negizida Navoiy politexnika universiteti tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, mazkur universitetga 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish rejalashtirilgan. U 15 ming nafar talabani qamrab oladi. 

Qayd etilishicha, universitetni 2025 yilgacha OTMlarning xalqaro TOP-1000 talik reytingiga kiritish strategiyasi ishlab chiqiladi. Strategiyani ishlab chiqish Navoiy kon-metallurgiya kombinati (Q.Sanaqulov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov) zimmasiga yuklatilgan.

Shuningdek, yangi universitetdagi ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikalari joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing