Navoiyda yana noqonuniy tarzda baliq ovlandi
3-sahifa
−
31 yanvar 2023
5332Navoiy viloyatidagi Aydarko‘lda qoidalarni buzgan holda baliq ovlagan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Nurota tumani “Temirqovuq” mahallasida yashovchi fuqaro Aydarko‘l tabiiy suv havzasidan 11 dona oqsila baliqlarini noqonuniy ovlagan.
Ushbu holat yuzasidan Majburiy jazo tayinlash kodeksining 90-moddasi,1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, unga nisbatan 3 000 000 so‘m miqdorida jarima hamda 3 300 000 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv havzasida 6 nafar fuqaro qoidalarni buzgan holda jami 48 dona baliqni ovlagan edi.
LiveBarchasi