Navoiyda oltin vasvasasiga tushgan 5 kishini qum bosib, vafot etdi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida tarkibida oltin bo‘lgan rudani noqonuniy qazib olmoqchi bo‘lgan 5 nafar fuqaro vafot etdi.  Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea 2021 yilning 23 dekabr kuni Konimex tumanining Karakata ovulida joylashgan “Lolazor” konida sodir bo‘lgan. Tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qumlarni noqonuniy qazib olish jarayonida buxorolik fuqarolarni tosh-qum massasi bosib qolgan.

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarining harakatlari bilan qurbonlar 4 yanvar kuni qum tagidan olib chiqilgan.

“Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida Buxoro viloyatidan bo‘lgan 5 nafar fuqaroning jasadlari topildi va sud-tibbiy ekspertizasini o‘tkazish maqsadida, Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa oqibatlarini bartaraf etishga 5 ta texnika va 63 nafar xodim hamda ishchi-xizmatchi jalb etilgan.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat bo‘yicha surishtiruv ishlarini amalga oshirish uchun Navoiy viloyati IIB va Konimex tuman IIB TTG xodimlari hamda Konimex tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bu “Lolazor”da sodir bo‘lgan birinchi holat emas. 2021 yilning 13 noyabr kuni ham ushbu hududda noqonuniy oltin qazib oluvchilarni tuproq bosib qolgan va 4 kishi halok bo‘lgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing