Navoiyda noqonuniy go‘sht tashiyotgan haydovchi ushlandi

3-sahifa

image

Navoiyda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 82 kg go‘shtni olib ketayotgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur holat 8 may kuni soat taxminan 17:40 larda Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Samarqand” YPX maskanida aniqlangan. Samarqand - Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Cobalt to‘xtatib tekshirilganda, avtomobil yukxonasida taxminiy og‘irligi 82 kg bo‘lgan kelib chiqishi noma’lum, tegishli veterinariya hujjatlariga ega bo‘lmagan go‘sht borligi aniqlandi.

Mahsulotlarni nima maqsadda, qayerga olib ketayotgani hamda iste’molga yaroqlilik darajasiga aniqlik kiritish uchun belgilangan tartibda hujjatlashtirilib, viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga qarashli tashxis markaziga (laboratoriya) olib borilgan.

Viloyat laboratoriyasining 8 maydagi xulosasiga ko‘ra, taxminiy og‘irligi 82 kg bo‘lgan kelib chiqishi noma’lum go‘sht mahsuloti iste’molga yaroqsiz deb topildi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing