Navoiyda mudhish YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
3-sahifa
−
29 yanvar 2021
6043Kecha, 28 yanvar soat tungi 22:30 larda Navoiy viloyati, Nurota tumanidagi Poyga qishlog‘ida yo‘l transport hodisasi ro‘y berishi natijasida uch kishi halok bo‘ldi.
SSV ma’lumotiga ko‘ra, Cobalt rusumli avtomobilning yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida mashinada bo‘lgan 4 nafar fuqaro jabrlargan.
Uch kishi voqea joyida vafot etgan.
1995 yilda tug‘ilgan F.M. Nurota tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga keltirilgan. Unga bosh miya chayqalishi, o‘ng boldir o‘rta uchligidan yopiq sinib siljishi, ko‘z atrofi va ko‘zosti gematomasi, yuz qo‘llar va tanadagi ko‘plab shilingan jarohati tashxisi qo‘yilgan.
Bemorning ahvoli og‘ir, tegishli tibbiy standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.
Avvalroq, Farg‘ona viloyatida piyoda ayol yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi