Navoiyda Matiz haydovchisi YPX xodimini kaltakladi 

3-sahifa

image
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda avtomobilni jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimi ayovsiz do‘pposlangani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi 
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
 
Qayd etilishicha, voqea kecha, 22 yanvar kuni soat 12:20 larda Navbahor tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida yuz bergan. YPX xodimi Matiz haydovchisini to‘xtatgan. Tekshiruv davomida haydovchi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi va uning yonida kunlik yo‘l varaqasi mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.
 
Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketilayotgan vaqtda 1993 yilla tug‘ilgan haydovchi A.T. YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan va tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.
 
Xabarga ko‘ra, holat sodir bo‘lgan joyga tuman IIB tezkor-tergov guruhi va prokuratura xodimlari chiqib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
 
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

734

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing