Navoiyda maktabga krossovkada borgan o‘quvchilar izza qilindi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi 6-maktab o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlariga sport oyoq kiyimida kelgani uchun tanbeh berilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat berdi.

Qayd etilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 31 avgustdagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”da o‘quvchilarga maktab hududida va dars jarayonlari davomida qo‘yiladigan talablar ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu hujjat umumiy o‘rta ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, xususan o‘quvchilar uchun odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor me’yorlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Unga ko‘ra, o‘quvchilar ta’lim muassasasiga maktab ustavida belgilangan o‘quvchilar libosida kelishlari lozim. 

Unda ta’lim muassasasiga o‘quvchilar krossovkada kelmasligi kerak degan talab mavjud emas.

“Shu o‘rinda Navoiy viloyatidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilar kiyimini tartibga solish bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilishi belgilanmagani hamda Navoiy shahridagi 6-maktab ma’muriyati va o‘qituvchilari ishtirokida bu borada zarur tushuntirish ishlari olib borilganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing