Navoiyda Lacetti piyodani urib yubordi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Navoiy viloyatida Lacetti rusumli avtomobil yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Piyoda tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea soat 11:26 da viloyatning markazi Navoiy shahrida, I.Karimov hamda O‘zbekiston ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. 

2001 yilda tug‘ilgan haydovchi B.H. Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda 1977 yilda tug‘ilgan F.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Navoiy shahar IIB YHXB xodilari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jizzaxda “Jiguli” rusumli avtomobil 3 yoshli qizchani urib yuborgan, piyoda voqea joyida vafot etgandi. Bundan avval, Qarshi shahrida piyodaning o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing