Navoiyda Xalq ta’limi bo‘limi xodimi $600 pora bilan ushlandi 

3-sahifa

image

Navoiyda fuqaroni 600 dollar evaziga maktabga o‘qituvchilikka kiritib qo‘yishni va’da qilgan shahar Xalq ta’limi bo‘limi xodimi va viloyat XTB haydovchisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, Navoiy viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi haydovchisi N.T. fuqaro N.H.ni boshqarmada ishlovchi tanishi orqali Navoiy shahar 2-sonli umumta’lim maktabining rus tili fani o‘qituvchisi vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga u fuqarodan talab qilgan 600 AQSH dollarini joriy yilning 29 yanvar kuni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, shu kunni o‘zida tezkor tadbir davom ettirilib, Navoiy shahar Xalq ta’lim bo‘limi kadrlar bo‘yicha inspektor-metodisti vazifasini bajaruvchi I.U. haydovchi N.T. dan kimyoviy ishlov berilgan 600 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchi N.T. va U.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 
1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing