Navoiyda qurilish mollari do‘koni yonib ketdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan qurilish  mollari do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 9 aprel kuni tumanning Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 3 qavatli qurilish mollari savdo markazida sodir bo‘lgan. Yong‘in to‘g‘risida Navoiy viloyati Karmana tuman FVB dispetcherlik xizmatiga soat 23:03 da xabar kelib tushgan. 

Chaqiruvga ko‘ra, FVBdan 14 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb qilinib, voqea joyiga zudlik bilan yetib borilgan. FVB xodimlari 800 kvadrat metrga ega bo‘lgan savdo do‘konidagi yong‘inni soat 01:59 da  bartaraf etgan. 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida  ma’lumot kelib tushmagan.

Yong‘in sababi ochiqlanmagan.

 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Navoiy FVV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing