Navoiyda IIB xodimiga pora taklif qilgan mansabdor qo‘lga olindi
Jamiyat
−
06 aprel 2021
6580Navoiy viloyati IIB Transportda XTB profilaktika katta inspektori katta leytenant F.J.Azimov vazifasidan kelib chiqqan holda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ "O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj" UK ishchisi A.B va boshqa temir yo‘l xodimlari dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazayotgan bo‘lgan.
Navoiy viloyat IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, “paytavasiga qurt tushgan” mazkur korxona rahbariyatidan o‘zini A.S. deb tanishtirgan fuqaro qo‘l ostidagi ishchilariga nisbatan to‘plangan hujjatlarni ijobiy hal qilib berish, ya’ni dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilinganligi holati yuzasidan chora ko‘rmaslik evaziga dastlab taxminan 5 million so‘mni pulni pora sifatida taqdim qilmoqchi bo‘lgan.
Fuqaroning qilayotgan xatti-harakatlari qonunga zid ekani, buning uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini aytib ogohlantirish berilishiga qaramay A.S pora taklif qilishda davom etadi.
IIV xavfsizlik boshqarmasi Navoiy viloyat bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida chora ko‘rmaslik evaziga 2 mln 980 ming so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Bir jinoyatni ikkinchi bir jinoyat bilan bekitmoqchi bo‘lgan fuqaro A.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi