Navoiyda dahshatli YTH. Haydovchi voqea joyida vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 5 may kuni Navoiy shahrida 26 yoshli erkakning o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 5 may kuni soat 04:40 larda Navoiy viloyati, Navoiy shahar, I.Karimov ko‘chasi “Okian” savdo do‘koni qarshisida, haydovchi 1994 yilda tug‘ilgan D.N. “Neksiya-3” rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib kelib, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga to‘xtamasdan chorrahadan o‘ngga tezlik bilan burilib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilgan.

Natijada, haydovchi 26 yoshli D.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing