Navoiyda avtobus 47 yo‘lovchi bilan ag‘darildi. Qurbonlar bor
3-sahifa
−
05 yanvar 14065 1 daqiqa
Bugun, 5 yanvar kuni Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ichida 47 yo‘lovchisi bor avtobus ag‘darilib ketdi va oqibatda 2 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa taxminan soat 7:40 larda, Tomdi tumani “Tomdibuloq” OFY hududidan o‘tgan A-379 “Navoiy-Uchquduq” xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining 167-168 kilometrlarida sodir bo‘lgan. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, salonida 47 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “ZHONG TONG BUS” rusumli (texnik jihatdan soz bo‘lgan) avtobusni “Zarafshon-Navoiy” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotgan 1986 yilda tug‘ilgan, 17 yillik stajga ega haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketgan hamda ag‘darilib YTH sodir etgan.
Hodisa oqibatida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olgan 9 nafar fuqarolar tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.
“Hozirda vaziyatni to‘liq o‘rganish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish hamda og‘ir oqibatlarga olib kelgan shart-sharoitlarga huquqiy baho berish maqsadida Navoiy viloyati IIB tomonidan voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Nodir Shukurov
Live
Barchasi