Navoiyda 8 yoshli qizni mashina bosib ketdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 1 iyul kuni soat 19:20 atrofida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 8 yoshli qiz yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Zoir Yo‘ldoshov xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat tumandan o‘tgan 4R48 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. BYD Song Plus Champion avtomashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.

Hodisa oqibatida qiz olgan tan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan.

“Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksning 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi manbada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda YTH oqibatida bir haydovchi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy mashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing