Navoiyda 57 yashar erkak 42 yashar “sobutilnik”ini o‘ldirib qo‘ydi

Olam

image

Navoiyda ikki fuqaro o‘rtalarida kelib chiqqan janjal ortidan bir-biriga tan jarohati yetkazdi. Oqibatda ulardan biri voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi  huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 fevral kuni soat 23:00 larda Navoiy shahar “Yagodnaya” ko‘chasida yashovchi 57 yoshli S.D. o‘zi istiqomat qilayotgan uyida, tanishi 42 yoshli S.M. bilan birga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan. Keyinroq ularning o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. 

Mojaro ortidan ular bir-birlarining tanalarining turli qismlariga qo‘li va oyoqlari bilan tan jarohati yetkazishgan.

S.M. esa olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish maqsadida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha S.D. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda S.D.ning olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, jinoyatning kelib chiqish sababini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing