Navoiyda 50 gektar yer olib berish evaziga 2000 dollar olgan mansabdor ushlandi
Jamiyat
−
16 fevral 2021
3642Navoiy vloyati Xatirchi tumanida tadbirkorga 50 gektar yer olib berishni va’da qilgan Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligi mas’uli ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligida bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlovchi F.X. “F.” MCHJ ish boshqaruvchisining ishonchiga kirib, jamiyatga o‘rmon xo‘jaligi hududidan uzoq muddatli ijara shartnoma tuzish orqali 50 gektar yer ajratib berishga ishontirib, evaziga 2000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan F.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi