Navoiyda 5 ta, vodiyda 2 ta – IIV tizimida lavozimiy o‘zgarishlar bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 10 aprel kuni Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Podpolkovnik Abdullayev Karamatdin Shamsheddinovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Karamatdin Abdullayev tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani IIB boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sadikov Akramxon Abdulazizovich Andijon viloyati, Shahrixon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bugunga qadar Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan podpolkovnik
Sharipov Baxodirxo‘ja Zarifovich Buxoro shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Baxriyev Xujanazar Shaymardanovich Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Xujanazar Baxriyev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Savurov Akbar Axtamovich Navoiy viloyati, Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Navoiy viloyati, Uchquduq tumani IIB  boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Navoiy viloyati, Konimex tumani IIB  12-son ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan mayor
Rayxanov Aristangali Yeleubayevich Navoiy viloyati, Uchquduq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mayor Shernazarov Ravshan Avazovich Navoiy shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ravshan Shernazarov tayinlovga qadar Navoiy viloyati, Karmana tumani IIB  boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Eshmuratov Yunus Bekpulatovich Navoiy viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani IIB  boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan podpolkovnik Abduraimov Akmal Qo‘chqorovich Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mayor Shodiyev Bekmirza Narzullayevich Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bekmirza Shodiyev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Narmuratov Shavkat Abdugapparovich Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Farg‘ona viloyati, Quva tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan podpolkovnik Xaydamatov Elyorjon Boxodirovich Farg‘ona viloyati, Quva tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing