Navoiyda ham YPX xodimini haqoratlagan haydovchi qamaldi (video)
3-sahifa
−
30 aprel 5872 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida qoidabuzar fuqaro xizmat vazifasini olib borayotgan xodimlarni haqoratlagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy munosabat e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 25 fevral kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida sodir bo‘lgan. Fuqaro yo‘lning qarama-qarshi qismidan harakatlanib kelayotgan bo‘lgan va unga tushuntirish bermoqchi bo‘lgan xodimni haqoratlab, uni obro‘sizlantirgan.
Qayd etilishicha, ushbu harakat Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudida sayyor sud tartibida ko‘rib chiqilgan. Qoidabuzar fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasining (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan va unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish) bilan 15 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda YPX inspektorini obro‘sizlantirishga uringan haydovchi 7 sutkaga qamalgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr