Navoiy yoki Toshkent, qaysi viloyat aholi jon boshiga YAHM bo‘yicha yetakchilik qilmoqda?
Jamiyat
−
10 avgust 2021
7501Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning yanvar-iyun oylariga ko‘ra, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi qanchadan to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi 9 175 400 so‘mni tashkil etgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,2 foizga o‘sgan.
Aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot narxlari quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 5 million 868 ming so‘m;
Andijon – 5 million 746 ming so‘m;
Buxoro – 8 million 355 ming so‘m;
Jizzax – 6 million 262 ming so‘m;
Qashqadaryo – 5 million 773 ming so‘m;
Navoiy – 26 million 025 ming so‘m;
Namangan – 4 million 915 ming so‘m;
Samarqand – 5 million 308 ming so‘m;
Surxondaryo –5 million 022 ming so‘m;
Sirdaryo – 7 million 717 ming so‘m;
Toshkent – 11 million 903 ming so‘m;
Farg‘ona – 5 million 266 ming so‘m;
Xorazm – 5 million 814 ming so‘m;
Toshkent shahri – 20 million 580 ming so‘m.
LiveBarchasi