Navoiy viloyati IIB shifokorlarning haqoratlangani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida uch mast erkak chaqiriq bo‘yicha kelgan “Tez yordam” hodimlarini tahqirlagani haqida xabar va video tarqaldi. Xabarda IIB shifokorlarga qo‘l ko‘targan shaxslarga chora ko‘rmayotgani aytilgan. Xabar muallifi shunday deydi:

“Tibbiyot birlashmasidan yozmoqdamiz. 31 oktyabr kuni “tez yordam” bo‘limiga tushgan chaqiriqqa asosan shifokor Najmiddin Boliqulov va feldsher Ulug‘bek Rajabov Navro‘z ko‘chasi 10-uy 4-xonadonga borgan. 

Hamkasblarimizni mast holdagi uch erkak kutib olgan. Ularni shifokorni haqoratlagan va unga qo‘l ko‘tarib tajovuz qilgan. Bu fuqarolar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagani holda, shifokorlarni atayin mazaxlash uchun chaqirgan degan taxmindamiz.

Ushbu holat yuzasidan ichki ishlar idorasiga xabar berilgan. Uchalasi ham mast holda bo‘lgani sabab hushyorxonaga joylashtirilgan. Ammo IIB xodimlari biror chora ko‘rmay, 4 soatdan so‘ng ularni qo‘yib yuborgan. Shifokorlarni tahqirlagan, hamkasblarimizga qo‘l ko‘targanlarga qonuniy jazo berilishini talab qilamiz!”

Mazkur xabarlar ortidan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi raddiya berdi va holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holatni o‘rganish mobaynida joriy yilning 31 oktyabr kuni soat 17:40da Uchquduq tuman Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga Eldor Po‘latov tanishi Kamol Hikmatovning sog‘ligi yomonlashganligi haqida bergan xabariga asosan tez yordam bo‘limi navbatchi shifokori Najmiddin Boboqulov va navbatchi feldsher Ulug‘bek Rajabovdan iborat navbatchi guruh belgilangan manzil Uchquduq tumani Navruz ko‘chasi 10-uy 4-xonadonga soat 17:45 da yetib kelishgani aniq bo‘ldi. 

Tibbiyot xodimlari kelguniga qadar Kamol Xikmatov mast holatda uxlayotgan bo‘lgan, tibbiyot xodimlari kelganidan sung Kamol Xikmatov uyg‘onib navbatchi shifokor Najmiddin Boboqulov egniga kuk rangli tibbiyot xalati ustidan qishqi kurtka kiyganligi sababli, “nima uchun oq xalatda emassan, nima uchun meni oyog‘ing bilan turtib uyg‘otding”, deb Najmiddin Boboqulov bilan o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqtida Kamol Xikmatov shifokor Najmiddin Boboqulovning ko‘krak qismidan qo‘li bilan bir marotaba urib Eldor Po‘latov bilan birga har-xil so‘zlar bilan haqoratlagan.

Janjal bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori E.Islomovga soat 17:49 da navbatchi feldsher Ulug‘bek Rajabov telefon orqali xabar bergan. Xabar asosida profilaktika inspektorlari E.Islomov, F.Po‘latov va A.Ismatullayev voqea joyiga kelib, janjalga barham berishgan. Profilaktika inspektorlari zudlik bilan “Mast holdagi fuqarolarni reablitatsiya qilish” markaziga olib kelib joylashtirishgan.

Holat voqea sodir bo‘lgan kuni tuman IIB Shakl-2 jurnalida 
242-raqami bilan qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borish uchun profilaktika inspektori E.Islomovga topshirilgan. 
Holat yuzasidan N.Boboqulov, K.Xikmatov, E.Po‘latov, U.Rajabovdan tushuntirish xati olinib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. 
 
Xozirda tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy shifokor

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing