Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Yashin Ravshanovich Dushanov Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Yashin Dushanov 1979 yil Navbahor tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Yashin Dushanov bugunga qadar bir qator davlat organlarida, jumladan, Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligida mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan. Shuningdek, 2013-2016 yillarda Davlat raqobat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, 2016 yildan buyon esa Navoiy viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Navoiy viloyati

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing