Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar va birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

To‘lqin To‘ymurodovich Otamurodov Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Sa’dulla Mirzayevich Mirzayev hokimning o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, To‘lqin To‘ymurodovich Otamurodov Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

To‘lqin Otamurodov 1982 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent moliya instituti, 2005 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini hamda 2015 yilda “Sun Yat-Sen” universitetini  (Xitoy) tamomlagan.

Otamurodov mazkur lavozimga qadar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Sa’dulla Mirzayevich Mirzayev Navoiy viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sa’dulla Mirzayevshu davrgacha Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining magistri. Ish faoliyatini Nurota tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi  o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi, moliyachi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing