Sobiq hokim Navoiy shahriga prokuror bo‘ldi

Jamiyat

image
Yangi harbiy prokuror tayinlandi north_east

Yangi harbiy prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyrug‘i bilan, Adliya katta maslahatchisi Boburmirzo Salomovich Obloqulov Navoiy shahar prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Navoiy shahar hokimligi xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Samarqand shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Boburmirzo Obloqulov 1972 yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 2001 yilgacha Samarqand shahar prokurori yordamchisi lavozimida ishlagan. Viloyat prokuraturasida hamda Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlari prokurori lavozimlarida ham ishlagan. 2016 yilda Samarqand viloyati prokuraturasi Qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2019 yilning 25 may kuni xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida hokim etib tayinlangan edi. 2022 yilning 17 fevral kuni esa o‘z arizasiga binoan, shahar hokimi lavozimidan ozod etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Normatov Samarqand shahrining yangi prokurori etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy shahri Boburmirzo Obloqulov yangi prokuror

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing