Navoiy mamlakatning namunaviy hududiga aylantiriladi

Jamiyat

image

Bugun, 25 noyabr kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etayotgan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini respublikaning namunaviy hududiga aylantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Birinchi tashabbus – viloyat elektr energiyasini tejash bo‘yicha namuna bo‘ladi.

Buning uchun barcha tashkilotlarga 100 foiz quyosh panellari o‘rnatiladi. Barcha suv nasoslarini samarali ishlatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Ikkinchi tashabbus – "Yashil makon" loyihasini amalga oshirishda viloyat namunaviy hududga aylantiriladi. Buning uchun:

•    barcha fermerlar tomonidan dala chetlariga tut va uzum ekish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

•    viloyatning 330 mahallasi va xonadonlarda rayhon va yalpiz ekish, qayta ishlash va sotish namunaviy tizimi yaratiladi.

Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilib, alohida imtiyoz va preferensiyalar joriy qilinadi.

Uchinchi tashabbus – yaylovlarni ishga solish orqali echkichilik va qo‘ychilikni keskin rivojlantirish.

Viloyatga 200-300 ming bosh echki va qo‘y olib kelinadi va alohida dastur ishlab chiqiladi.

To‘rtinchi tashabbus – viloyatda infratuzilma ob’ektlari qurilishida resurslarni 30 foizgacha tejash namunasi.

Ushbu tashabbusni amalga oshirishga, korrupsiyasiz shaffof tizim yaratishga  viloyat prokurori mas’ul bo‘ladi. Sektor rahbarlari bu tizimni ishlatadi.

Yangi hokim va barcha sektor rahbarlariga ushbu tashabbuslarni amalga oshirish orqali bir yil davomida viloyatni ishsizlik va kambag‘allik to‘liq bartaraf etilgan hududga aylantirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Yig‘ilish yakunida davlat rahbari Navoiy ahliga ezgu tilaklarini bildirib, barchaga yangi muvaffaqiyatlar tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing