Navoiy, Qashqadaryo va Sirdaryo ekoboshqarma boshliqlari ishdan olindi

Jamiyat

image

Navoiy, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilingan. 

Yig‘ilishda ekologiya sohasiga oid qonunlar, Prezident farmon va qarorlari ijrosining bajarilishi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va mamlakatda chiqindi sohasida qilinayotgan ishlarning bajarilish kabi masalalar muhokama qilingan.

Yig‘ilishda o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan bir qator hududiy boshqarma boshliqlari, ya’ni Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olingan.

Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining uch nafar mas’ul xodimlariga, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga bevosita mas’ul bo‘lgan uch nafar hududiy boshqarma boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlariga va chiqindi sohasini boshqarishga mas’ul bo‘lgan hududiy boshqarma boshliqlarining ikkinchi o‘rinbosarlariga “hayfsan” intizomiy choralari qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing