“Navbahor”ning ishqibozlari Angliya futbol fanatlaridan sira qolishmaydi – Prezident 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod – amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Namanganda saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida viloyat futboli haqida so‘z ochdi. 

“Namangan ahlining futbolga bo‘lgan ashaddiy qiziqishini nafaqat mamlakatimizda, balki qo‘shni davlatlarda ham yaxshi bilishadi. “Navbahor”ning ishqibozlari Angliya, Italiya va Fransiya futbol fanatlaridan sira qolishmaydi”, deydi Mirziyoyev.

Shu bilan birga, Prezident Namanganda iste’dodli, vatanparvar futbolchilar yetishib chiqqani haqida gapirgan. 

“Namanganliklar Odil Ahmedov kabi iste’dodli, vatanparvar futbolchini yetishtirib bergani bilan har qancha faxrlansa arziydi. O‘ylaymanki, viloyatning shahar va qishloqlarida uning izdoshlari yana ko‘plab topiladi”, deydi Mirziyoyev.

Shuningdek, Prezident viloyatda futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklifini ilgari surgan. 

“Navbahor futbol klubi bazasida “Futbol akademiyasi”ni tashkil etib, Davlatobod tumanini sport shaharchasiga aylantirsak, nima deysizlar?!”, deya taklif bildirdi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing