Navbahor XTB rahbari o‘z uyida o‘ldirildi

Jamiyat

image

Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbari Madina Ataniyazova turmush o‘rtog‘i tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi. 

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, joriy yilning 6 sentyabr kuni soat taxminan 20:20larda Madina Ataniyazova ishdan kelib, egnidagi kiyimlarini almashtirish maqsadida yotoqxonasiga kirgan vaqtida uning turmush o‘rtog‘i Sh.R. xonadagi kiyim javoni ortidan chiqib, Madinaga qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan hujum qilgan. Madina Ataniyazova olgan tan jarohatlaridan ichki va tashqi qon ketishi natijasida voqea joyida vafot etgan. Uning turmush o‘rtog‘i o‘ta mast holda bo‘lgan. 

Madina Ataniyazova  Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Bundan ikki yil avval viloyat XTB bo‘lim boshliqligidan Navbahor tumani XTB rahbarligiga o‘tkazilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

qotillik qurboni

Baholaganlar

1355

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar