Navalniyning jasadi yana ikki hafta “ekspertiza”dan o‘tkaziladigan bo‘ldi
Olam
−
20 fevral
4440Rossiyalik muxolifatchi Navalniyning jasadi yana 14 kun davomida "kimyoviy ekspertiza"dan o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Kira Yarmish xabar berdi.
Unga ko‘ra, marhum siyosatchining jasadi yana ikki hafta davomida oilasiga ko‘rsatilmaydi. Rossiya Tergov qo‘mitasi Aleksey Navalniyning jasadini uning onasi Lyudmila Ivanovnaga berishdan bosh tortgan. Bunga uning jasadi kimyoviy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborilgani va bu jarayon 14 kun davom etishi bahona bo‘lgan.
"Navalniyning jasadi qotillik izlarini berkitish uchun yashirilmoqda. 14 kunlik "kimyoviy tekshiruv" ochiqdan ochiq yolg‘on va masxarabozlikdir", deb yozgan siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni Rossiya hukumati muxolifatchi Aleksey Navalniy qamoqda vafot etganini e’lon qildi. Shundan so‘ng bir qator dunyo siyosatchilari, jumladan AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Navalniyning o‘limi uchun Putinni aybladi.
Shundan so‘ng, Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning onasi Lyudmila Ivanovna o‘g‘li vafot etgan Xarp qishlog‘idagi qamoqxonaga bordi. Lyudmila Ivanovnaga o‘lim guvohnomasi berilgan, biroq siyosatchining jasadi Salexarddagi o‘likxonada ekani aytilgan.
"Yamal-Nenetsk avtonom okrugidagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasi rahbariyati Aleksey Navalniyning jasadi Salekxard o‘likxonasida ekanligini aytdi. Siyosatchining onasi u yerga kelganida, ularda jasad yo‘qligini aytishdi", deb yozgan edi Kira Yarmish bu haqda.
Bundan tashqari, 50 mingdan ortiq kishi Navalniyning jasadini oilasiga topshirishni talab qilib chiqqan.
LiveBarchasi