Moskva sudi Navalniyning hukmi ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini rad etdi
Olam
−
18 Oktabr 2022
4295Bugun, 18 oktyabr kuni Moskvadagi kassatsiya sudi Aleksey Navalniyga nisbatan sudga hurmatsizlik va firibgarlik ishi bo‘yicha chiqarilgan hukm ustidan berilgan apellyatsiyani qanoatlantirmadi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Himoyachining shikoyati qanoatlantirilmagan holda, birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi esa o‘zgartirishsiz qoldirilsin”, deya qarorni e’lon qildi sudya.
Navalniy yig‘ilishda jazoni o‘tayotgan qattiq rejimli koloniyadan video aloqa orqali ishtirok etgan. Himoyachi hukmni bekor qilishni va oqlashni so‘radi.
O‘z navbatida, prokuratura vakili suddan hukmni o‘zgarishsiz qoldirishni talab qilgan.
“Davlat ayblovi hukm qonunga muvofiq chiqarilgan va o‘zgartirilishi mumkin emas, deb hisoblaydi va himoyachining shikoyati qanoatlantiriladi”, deydi prokuror.
Aytish joizki, joriy yilning 22 mart kuni Moskvaning Lefortovo sudi rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyni firibgarlik va sudga hurmatsizlik qilgani uchun to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qildi va 1,2 million rubl (11,4 ming dollar) miqdorida jarimaga tortgandi.
Ma’lumot uchun, Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy o‘tgan yilning 20 avgustida Rossiyaning Tomsk shahrida zaharlanganidan so‘ng, Germaniyada 4 oy davolanib, joriy yilning 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytdi va darhol hibsga olindi.
Keyinroq “Iv Roshe” ishi bo‘yicha sud qilingan muxolifatchi 3,5 yilga qamaldi. O‘lishiga bir baxya qolgan Navalniyning o‘zi bir qator intervyu va chiqishlarida joniga suiqasd qilinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Putinni ayblagan.
2021 yilning 19 yanvar kuni Navalniy tomonidan tashkil qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi “Putinning qasri” haqidagi filmni e’lon qildi. U 100 million martadan ortiq tomosha qilindi, ijtimoiy tarmoqlar esa shu mavzudagi memlarga to‘lib ketdi. Hukumat uning qasr emas, apart-mehmonxona ekanligini va unga Putin emas, balki uning do‘sti Arkadiy Rotenberg egalik qilishini ma’lum qildi.
Moskvaning Simonov tumanlararo sudi 2 fevralda Navalniyni “Iv Roshe” ishi bo‘yicha aybdor deb topib, uning jazoni koloniyada o‘tashi haqida qaror chiqargandi. Moskva shahar sudi 20 fevralda qarorni qonuniy deb topdi va sud hukmi kuchga kirdi. Navalniy koloniyada yana 2,5 yil davomida sud belgilagan jazoni o‘taydi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya muxolifati yetakchisi, siyosatchi Aleksey Navalniy Yevropa Ittifoqining inson huquqlari sohasidagi bosh mukofoti “Fikr erkinligi uchun” Andrey Saxarov mukofotini olgan.
LiveBarchasi