Navalniyning sudi vaqtida 300 dan ortiq odam hibsga olindi (foto)

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvada Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Sud muhokamasi paytida suddan tashqarida 300 dan ortiq odam hibsga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva shahar sudida hibsga olishlar davom etmoqda. Moskva vaqti bilan soat 17: 24 da politsiya 311 kishini hibsga olgan. Ularning 307 nafari Moskvada, yana to‘rt kishi Ijevskda hibsga olingan.

RBK muxbirining so‘zlariga ko‘ra, tushdan keyin mahbuslar bo‘lgan bir nechta transport vositalari sud hududidan chiqib ketgan.

Hibsga olinganlarning aksariyati Moskva shahar sudiga eng yaqin bo‘lgan “Preobrajenskaya” metro stansiyasi yaqinida bo‘lgan. Shuningdek, xavfsizlik kuchlari “Kitay-Gorod” metro stansiyasi hududida kordon o‘rnatishni boshlagan. Ular temir to‘siqlarni olib kelib, yaqin atrofdagi ko‘chalarga qo‘ygan.

Avvalroq Moskvada Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tayotgani xabar qilingandi.

Moskva shahar sudi prokurori Federal jazoni ijro etish xizmati (FJIEX)ning Aleksey Navalniyni shartli hukm talablarini buzgani uchun shartli qamoq jazosini haqiqiy 3,5 yilga almashtirish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing