Navalniy Putinning partiyasiga qarshi har qanday nomzodga ovoz berishga chaqirdi

Olam

image

Muxolifatchi Aleksey Navalniy o‘z tarafdorlari va muxolif saylovchilarni 2023 yil sentyabrda bo‘lib o‘tadigan Rossiya saylovlarida ishtirok etishga va “Yagona Rossiya” partiyasiga qarshi har qanday nomzodga ovoz berishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining blogida yozdi. 

Siyosatchiga ko‘ra, u hali ham “Aqlli ovoz berish”ni eng yaxshi strategiya deb biladi, ammo 2023 yilgi vaziyatda bu ish bermaydi. Chunki hokimiyat muxolifat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan shaxslarni nafaqat saylovdan chetlatadi, balki qamoqqa ham oladi.

Bundan tashqari, Navalniy yuqori darajadagi firibgarlik va saylov kuzatuvchilari faoliyatiga cheklovlarni ham keltirib o‘tgan.

“Biz muxolifat saylovchilarini saylovga borish odatini saqlab qolishimiz kerak. Ertami-kechmi Rossiyada ular nisbatan erkin bo‘ladi. Biz ularni mag‘lub etishimiz kerak. Saylovning ma’nosi yo‘qligiga o‘zimizni ishontirib, unga bormaslikka odatlansak, bu ish bermaydi”, deydi Navalniy.

Shuningdek, u hozirgi vaziyatda orqaga qadam tashlash va “Yagona Rossiya”ga qarshi har qanday nomzod uchun ovoz berish strategiyasiga qaytish kerakligini aytib o‘tgan.

“Hukmron partiya va uning nomzodlariga maksimal darajada zarar yetkazish uchun saylovga boring”, deydi muxolifatchi.

Ma’lumot uchun, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy ekstremizm aybi bilan 19 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Yaqinda u maxsus rejimga hukm qilinganidan keyin koloniyadan o‘zining birinchi maktubini yozib, unda Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin hamda uning atrofidagilar 1990 yillarda olib borgan siyosatni qoralab, ular mamlakatda demokratiya qurishga hissa qo‘shmaganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Naval'niy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing