NATOning Rossiyaga yaqinlashishi 2,5 barobar oshdi – Shoygu

Olam

image

Fevral oyidan beri Rossiya yaqinidagi NATO guruhining soni 2,5 barobarga oshdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, NATO Bolgariya, Vengriya, Ruminiya va Slovakiyada yangi ko‘p millatli batalon-taktik guruhlarini yaratyapti.

“Sharqiy va Markaziy Yevropada, shuningdek, Boltiqbo‘yi mamlakatlarida mintaqaviy bo‘lmagan NATO davlatlarining qurolli kuchlari tuzilmalari joylashtirilgan. Guruh soni 2022 yil fevralidan buyon 2,5 baravar ko‘paydi va 30 mingdan ortiq kishini tashkil etadi, qisqa muddatda esa yanada oshishi mumkin”, deydi vazir.

Uning fikricha, NATO guruhining kuchayishi natijasida Rossiya ittifoqchilari hujumga uchraydi - birinchi navbatda Belarus.

“Kollektiv G‘arbning buzg‘unchi harakatlaridan asosiy maqsad, albatta, Rossiya iqtisodini, harbiy salohiyatini yo‘q qilish, uni mustaqil tashqi siyosat yuritish imkoniyatidan mahrum qilishdir”, deya qo‘shimcha qilgan Sergey Shoygu.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

520

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing