Vaziyat murakkablashadi, ammo... – Peskov NATOning Ukrainaga yordami haqida
Olam
−
16 Oktabr 2022
19572NATOning Ukrainaga yordami vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtiradi, lekin har qanday sharoitda ham Moskva olg‘a boradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
“Shimoliy Atlantika alyansi de-fakto Ukrainadagi mojaroga ochiq-oydin aralashishni boshladi, ammo bu Rossiya Federatsiyasi maqsadlariga ta’sir qilmaydi”, deydi matbuot kotibi bugun, 16 oktyabr kuni “Rossiya-1” telekanalidagi murojaatida.
Uning fikricha, NATO allaqachon Ukraina mojarosiga “burnini suqish”ni boshlagan. Lekin bu Rossiyaning barcha maqsadlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, ya’ni operatsiya davom etadi va u tez orada tugaydi.
Peskovning ta’kidlashicha, NATOning Ukrainaga yordami vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtiradi, biroq Rossiya Federatsiyasining salohiyati ushbu sharoitlarda ham o‘z “operatsiya”sini davom ettirishga imkon beradi.
Musulmon Ziyo
LiveBarchasi