NATO Yaponiyada o‘z ofisini ochmoqda

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Yaponiyada alyansning ofisini ochish rejasi borligini tasdiqladi. Bu haqda u bugun, 10 may kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

“Ha, biz Yaponiya bilan Tokioda NATO vakolatxonasini ochish masalasini muhokama qilmoqdamiz. NATOning hamkor mamlakatlarda bir nechta vakolatxonalari bor. Yaponiya NATO uchun juda yaqin va muhim hamkor”, deydi Stoltenberg.

Shuningdek, alyans Bosh kotibi xavfsizlik global miqyosga aylanganini qo‘shimcha qildi.

“Yevropada sodir bo‘layotgan voqealar Osiyo uchun, Osiyoda sodir bo‘layotgan voqealar esa Yevropa uchun muhim. Pekin Ukrainadagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda”, deya qo‘shimcha qilgan NATO Bosh kotibi.

“Nikkei“ gazetasining yozishicha, alyansning Yaponiyadagi vakolatxonasi turli masalalar bo‘yicha tomonlarning maslahatlashuvlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Unda Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya ham ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda Yaponiya Shimoliy Atlantika alyansi bilan hamkorlikni faol ravishda kengaytirmoqda. 2022 yilda Bosh vazir Fumio Kisida NATO sammitida qatnashgan birinchi Yaponiya hukumati rahbari bo‘lgan. Shundan so‘ng Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi NATOga mustaqil missiya jo‘natish, uni Bryusseldagi elchixonasidan ajratish va shu orqali missiya maqomini oshirishga qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Yaponiya Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing