NATO vakillari Pragada Ukraina masalasini ko‘rib chiqadi
Olam
−
15 avgust
3361NATO Harbiy qo‘mitasi joriy yilning 13-15 sentyabr kunlari Pragada bosh shtab boshliqlari yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yil 13-15 sentyabr kunlari Pragada (Chexiya) NATOning Harbiy qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda Mudofaa boshliqlari alyans doirasidagi harbiy strategik o‘zgarishlarni muhokama qiladi. Harbiy qo‘mita konferensiyasi ochilishida Chexiya Prezidenti Petr Pavel ishtirok etadi.
Sessiya uch bosqichda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Xususan, birinchi sessiyada 2024 yilning iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan sammitda ittifoqchi davlatlar va hukumat rahbarlari tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi muhokama qilinadi.
“NATO yetakchilari jilovlash va mudofaani yanada mustahkamlash, Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va global sheriklikni chuqurlashtirish uchun muhim qadamlar qo‘ymoqda”, deyiladi bayonotda.
Ikkinchi sessiyada NATOning Yevropadagi ittifoqchi qo‘shinlari oliy qo‘mondoni general Kristofer Kavoli shtab boshliqlariga hujumni oldini olish va mudofaa rejalarini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlar haqida ma’lumot beradi.
Bundan tashqari, NATOning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash paketining bir qismi unga xavfsizlik yordamini ko‘rsatish, muvofiqlashtirish va tashkil etish uchun ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Ukraina uchun NATO Xavfsizlik va Ta’lim Qo‘mondonligini (NSATU) yaratish ham muhokama qilinadi.
Uchinchi sessiyada tashkilotning Transformatsiya bo‘yicha Oliy qo‘mondoni general Filip Lavin mudofaa rejalashtirish jarayoniga (NDPP) muvofiq alyansning jangovar operatsiyalarini o‘zgartirish haqida ma’ruza qiladi.
Ma’lumot uchun, Harbiy qo‘mita NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasida yiliga ikki marta Mudofaa boshliqlari sessiyasida yig‘iladi va yiliga bir marta Ittifoqchi a’zo davlat tomonidan Konferensiya o‘tkaziladi.