NATO va Rossiya qaysi hududda to‘qnash kelishi mumkinligi aytildi

Olam

image

Suvalki yo‘lagi faraziy jihatdan eng xavfli hudud hisoblanadi. Aynan u Shimoliy Atlantika ittifoqiga qarshi urush boshlangan taqdirda Rossiya rasmiylari uchun birinchi nishonga aylanishi mumkin. Bu haqda “Politico” yozmoqda.

“Litvaning janubi-sharqiy chegarasida joylashgan Druskininkay shahri Suvalki yo‘lagi deb nomlanuvchi strategik hududning tor chizig‘iga qaraydi. G‘arbning harbiy strateglarining ogohlantirishicha, agar Rossiya prezidenti Ukrainadagi urushni NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga olib chiqishga qaror qilsa, bu hudud uning dastlabki nishonlaridan biri bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Jurnalistlarning taxminiga ko‘ra, Moskva Kaliningradga quruqlik yo‘lagi qurishga urinib ko‘rishi mumkin, bu esa davlatlar o‘rtasidagi keng ko‘lamli urushga hamda yadro qurolidan foydalanishga turtki bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, uzunligi taxminan 100 km bo‘lgan Suvalki yo‘lagi nomini 2015 yilda Estoniya sobiq Prezidenti Toomas Xendrik Ilves bergan. Uning fikricha, bu qism juda xavfli, chunki Rossiya tomonidan bosib olingan taqdirda, Boltiqbo‘yi mamlakatlari Yevropaning boshqa davlatlaridan uzilib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 18 iyundan boshlab Litva Kaliningrad viloyati va Rossiya Federatsiyasining asosiy hududi o‘rtasida sanksiyalangan yuklar tranzitini to‘xtatdi. Rossiya holatga allaqachon munosabat bildirdi va tranzitni taqiqlash “juda qattiq va mutlaqo qonuniy harakatlar uchun asos bo‘lishi mumkinligini” ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO-Rossiya

Baholaganlar

902

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar