NATO Ukrainani qishda qurolsiz qoldirmaslikka va’da berdi

Olam

image

Qish yaqinlashmoqda, ammo bu NATOning Ukrainaga harbiy yordam berishiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda bugun, 17 sentyabr kuni NATO Harbiy qo‘mitasi rahbari Rob Bauer Estoniyada NATO Bosh shtab boshliqlari yig‘ilishini ochib berayotganda aytib o‘tdi.

“NATO Ukraina armiyasini davlatlari qancha vaqt kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlaydi. Qish kelmoqda, ammo bizning yordamimiz sobit bo‘lib qoladi”, deydi Rob Bauer. 

Shu bilan birga, u NATO faqat o‘z fuqarolarini himoya qilishini aniq ta’kidladi.

“NATOning muqaddas missiyasi alyans hududida yashovchi 1 milliard aholini himoya qilishdir. Har doim kelajakka tayyorlanish va kutilmagan narsalarni kutishdir”, deydi alyans rasmiysi.

NATO shtab boshliqlarining Estoniyadagi yig‘ilishi Ukrainaga yordam ko‘rsatish, NATOning Rossiya Federatsiyasi chegaralarida harbiy ishtirokini kengaytirish, shu jumladan, uning brigada darajasidagi jangovar kuchlarini konfiguratsiya qilishning yangi rejasini amalga oshirish doirasida muhokama qilishga bag‘ishlangan. Ushbu konsepsiya shu yilning iyun oyida Madridda o‘tkazilgan alyans davlatlari va hukumatlari rahbarlarining sammitida ma’qullangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing