NATO Ukrainaga askar yubormoqchi emas – Stoltenberg
Olam
−
27 fevral
4294NATO Ukrainaga askar yuborish niyatida emas. Bu haqda alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg “Associated Press” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"NATO ittifoqchilari Ukrainaga misli ko‘rilmagan yordam ko‘rsatmoqda. Biz buni 2014 yildan beri qildik va keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri ko‘paytirdik. Lekin Ukrainaga NATO harbiy kuchlarini yuborish rejamiz yo‘q", deydi u.
Ma’lumot uchun, kecha, 26 fevral kuni Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiko Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bir qancha davlatlar Kiyev bilan ikki tomonlama kelishuvlar asosida o‘z harbiylarini Ukrainaga yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgan. O‘z navbatida, Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala va uning polshalik mavqedoshi Donald Tusk buni amalga oshirish niyatida emasliklarini bildirdi. Bosh vazir Ulf Kristersson ham Shvetsiyada bunday rejalar yo‘qligini tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 fevral kuni kechqurun Parijda Ukrainaga yordam bo‘yicha konferensiya yakunida so‘zga chiqqan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukraina hududiga Fransiya quruqlikdagi qo‘shinlari kiritilishi mumkinligini istisno etmagandi.
LiveBarchasi