Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

NATO Ukrainaga harbiy yordam miqdorini e’lon qildi

Olam

image

Rossiya tomonidan harbiy tajovuzga uchragan Ukraina AQSH Prezidenti Donald Trampning tinchlik tashabbuslariga qaramay, NATOning harbiy yordamiga umid qilishda davom etishi mumkin. Bu haqda kecha, 2 aprel kuni NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Uning aytishicha, Ukraina ittifoqchilari mamlakatga 20 mlrd yevrodan ortiq xavfsizlik yordamini ko‘rsatishga va’da bergan.

“Joriy yilning dastlabki uch oyida ittifoqchilar allaqachon 2025 yilda Ukrainaga 20 milliard yevrodan ortiq xavfsizlik yordamini ko‘rsatishga va’da bergan”, degan Bosh kotib.

Shuningdek, Ryutte harbiy yordamni Germaniyaning Visbaden shahridagi qo‘mondonlik orqali muvofiqlashtirish davom ettirilishini tasdiqlagan.

O‘tgan yili ittifoqchilar o‘n ikki oy davomida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 50 milliard yevroga yaqin mablag‘ni safarbar qildi, ammo Trampning tinchlik tashabbuslari fonida AQSH Kiyevni o‘t ochishni to‘xtatishga majburlash uchun harbiy yordamni keskin qisqartirishi mumkinligi haqida xavotirlar paydo bo‘ldi. Shunga qaramay, AQSH hozircha Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etmoqda.

Trampning vositachilik tashabbusiga izoh berar ekan, Ryutte “bu dahshatli urushni adolatli va uzoq muddatli yakunlash”ga qaratilgan har qanday sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini aytgan. U Trampga “qamalni yengib o‘tishga” muvaffaq bo‘lgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Shu bilan birga, Ryutte Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa davlatlarning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini kelishish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholagan. Agar Kiyev AQSH taklif qilgan sulhga rozi bo‘lsa, bu kafolatlar kuchga kirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbariyati “tinchlik tarafdori” ekanini namoyish qilmaguncha, Rossiyaga qarshi mudofaa urushida Ukrainaga harbiy yordamni muzlatishga buyruq bergandi. Trampning bu keskin qarori 28 fevral kuni Oq uyda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lgan “kichik jang”dan keyin qabul qilindi. Keyinchalik Zelenskiy AQSHdan Ukrainaga ajratilayotgan harbiy yordamning taqdiri haqida rasmiy ma’lumot olish bo‘yicha mamlakatning turli idoralar rahbarlariga topshiriq berdi. Tramp 9 mart kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Ukraina hatto Vashingtonning harbiy yordami bilan ham “omon qolmasligi” mumkinligi haqida gapirdi. Ammo ikki oradagi munosabatlar yana biroz yaxshilangach, AQSH Ukrainaga harbiy yordamni davom ettira boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Donal'd Tramp Ukraina Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing